Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Mehnatkashlar Samarqand shahriga sayohat qildilar

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo’mitasining 2021 yil 15 oktyabrdagi “Kasaba uyushmalari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish to’g’risida”gi 4-16 “c” sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan kasaba uyushmalari xodimlar va faollari hamda ilg’or ishchi-xodimlari uchun “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.

Samarqand qadimdan o’zining betakror go’zalligi, ajoyib ob-havosi, mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo’lgan. Oradan qancha asrlar o’tsa hamki Samarqand hali xanuz odamlarni o’ziga ohangrabodek jalb qilib kelmoqda.

Sayohat davomida 35 nafar soha xodimlari navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to’g’risida katta taassurotlarga ega bo’ldilar.

– Samarqand shahriga sayohatdan cheksiz taassurotlar bilan qaytdik, – deydi, “O’z Dong Yang Ko” O’zbek-Koreya qo’shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchisi Zulxumor Xalilova. – Necha yillardan beri Samarqandga borishni niyat qilib yurardim. Orzuim amalga oshdi. Biz kabi oddiy xodimlarga qaratilayotgan e’tibordan juda ham mamnunmiz. Sayohatimiz Xo’ja Axror Valiy majmuasi ziyorati bilan boshlanib,  Bibixonim, Amir Temur, SHohi zinda, Islom Karimov maqbaralari, Registon maydoni, Imom Moturudiy yodgorlik majmui, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi bilan davom etar ekan mazkur tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shganligiga yana bir bor amin bo’ldik.

Sayohatchilar shuningdek, Samarqandning noyob me’moriy obidalari hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan shaharda barpo etilgan madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar va shaharda qad ko’tarayotgan binolarni tomosha qilar ekanlar, ko’hna va hamisha navqiron shahar deya ta’rif beriladigan Samarqandning o’tmishi qanchalik buyukligiga, keyingi yillarda bu yerda amalga oshirilgan o’zgarishlar uning shuhratini yanada oshirganligiga guvoh bo’ldilar. Asosiysi, tarixi boy, kelajagi buyuk O’zbekistonimizning farzandi, yuksak aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati bilan dunyoga mashhur ajdodlarning vorisi ekanliklaridan faxrlandilar.

Hamidullo MATISAEV O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi bo’lim mudiri

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!