Andijonda xalqaro seminar o‘tkazildi!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro mehnat tashkiloti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, hamkorlik yuzasidan imzolangan hujjatlarning ijrosini taʼminlash maqsadida 2026 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi katta majlislar zalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlari mavzusidagi mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mintaqaviy seminarda Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnatkashlar faoliyati bo‘yicha byurosi (AKTRAV)ning Yevropa va Markaziy Osiyo sektori mudiri Sergeyus Glovaskas, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi raisi, Federatsiya raisi o‘rinbosari Sayfullo Normatovich Axmedov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri, texnika fanlari nomzodi Maxmudjon Nimatovich Isayev, Yuridik bo‘limi mudiri Xamidulla Rahmatullayevich Premqulov, Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nodira Baxodirjanovna Gaibnazarova hamda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining kasaba uyushmasi tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan seminarda ishtirokchilar boy tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar!


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: