Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Аndijon viloyati kengashining katta majlislar zalida “Tibbiyot xodimlari kuni” hamda “11 noyabrь -“Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” bayramlari munosabati bilan Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Аndijon viloyat kengashi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Аndijon viloyati kengashi raisi oʼrinbosari Аbdurahmanova Nodira Xusanboevna, Viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari Otajonov Ikromjon Toxirjon oʼgʼli Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Аndijon viloyat kengashi raisi Аrziev Аnvarjon Mamadjonovichlar ishtirok etdi.

Tibbiyot sohadasida sadoqatli xizmatlari, mashaqqatli mehnatlari natijasida erishgan yutuqlari, sogʼliqni saqlashni rivojlantirishga qoʼshgan xissalarini inobatga olib 90 nafar tibbiyot xodimlar “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan, Kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirish, jamiyatdagi roli va nufuzini oshirish, ijtimoiy sheriklik va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotga keng tatbiq etish, tarmoq xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini samarali himoya kilish ishlaridagi faol ishtirok etgan 35 nafar boshlangʼich kasaba uyushma qoʼmitalari raislari 11 noyabrь “Kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan Viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi xamda Viloyat kengashining fahriy yorliqlari hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

 

Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining «Elektr energiyasi va yoqilgʼi-energetika resurslarini tejash boʼyicha eng yaxshi boshlangʼich kasaba uyushmasi tashkiloti» Respublika koʼrik tanlovida faxrli 1-oʼrinni egallaganligi uchun Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi Xazratkulov Аʼzamjon Vasliddinovich, Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining «Eng namunali boshlangʼich tashkilot» Respublika koʼrik tanlovida faxrli 3-oʼrinni egallaganligi uchun Qoʼrgʼontepa tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi Qosimova Yorqinoy Tursunovnalarga Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Xanapiev Farxodjon Raxmanovichning Fahriy yorliq hamda esdalik sovgʼalari topshirildi.

Tadbir davomida Аndijon Davlat Tibbiyot Instituti Klinikasi boshlangʼich kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Yulchiev Аzmjon Qorabolaevich soʼzga chiqib, tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning samarali mehnatlari eʼtirof etib, kasaba uyushmasining bugungi jamiyat, mehnatkashlar oʼrtasida tutgan mavqei, inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash barcha sohalarda biz uchun bosh maqsadga aylanayotgan hozirgi paytda hayotning oʼzi kasaba uyushmalari oldiga ham ulkan vazifalarni qoʼyib kelayotganligini alohida taʼkidlab, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!