Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Ta’lim fidoiylari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 11-noyabrь “Kasaba uyushmalari kuni” deb eʼlon qilinib, mana uch yildirki noyabrь oyining oʼn birinchi sanasi mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Аndijon shahar boʼlinmasi kengashi tomonidan 500 nafardan ortiq kasaba uyushma aʼzolarini bir dasturxon atrofida jamlab bayram tadbiri tashkil etdildi.

Tadbirga uzoq yillar kasaba uyushmalari tizimida samarali faoliyat yuritgan, hozirda keksalik gashtini surib kelayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar ham taklif etildi. Oʼz navbatida ular oʼzlarining ish tajribalarini tadbir ishtirokchilariga soʼzlab berdilar. Viloyatdagi taniqli va el suygan sanʼatkorlar tomonidan kuylangan goʼzal kuy va qoʼshiqlar bayram tadbiriga alohida fayz bagʼishladi.

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!