Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Kasaba uyushmalari faollari uchun ma’daniy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 iyuldagi “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-222-sonli qarorining 5 bandi birinchi xat boshida Davlat organlari, muassasalar va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining ma’daniy estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-ma’daniy tadbirlarni tashkil etish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31 yillik munosabati bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi 400 nafar ishchi xodimlarini ma’daniy estetik hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida 2023 yil 2 dekabrь kuni Andijon viloyati musiqali drama teatrida taniqli rejissyor Isoqjon Ergashev tomonidan sahnalashtirilgan «Taqdir» deb nomlangan lirik dramani keng tomoshabinlar ommasiga ilk bora namoyish bo‘lib o‘tdi. Spektaklda Oybek rolini aktyor Muzaffar Mirzayev, Guli rolini aktrisa Shohsanam Mirkomilova, Nozim aka rolini aktyor Ilhomjon Musayev va Zuhra xola rolini aktrisa Tavakkal G‘oziyevalar ijro etdilar.

Tomoshabinlar ushbu yangi spektaklni juda iliq kutib oldilar. Spektakl nihoyasida gulduros qarsaklar bilan teatr ijodkorlarini xushnud etdilar. Ushbu spektakl ijodkorlariga muvaffaqiyatlar tilab, yaxshi fikrlar bayon etib, ularni yangi asar bilan muborakbod etdilar.

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!