Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Katta xayotga-kasaba uyushmalari bilan

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi  majlislar  zalida joriy  yilning 1 noyabr kuni viloyatdagi oliy tahlim muassasalari talabalari, professor-o’qituvchilari va kasaba uyushma faollari ishtirokida 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Katta hayotga-kasaba uyushmalari bilan” deb nomlangan viloyat aksiyasi ko’tarinki ruhda o’tkazildi.  Ushbu tadbirning boshlash jarayonida viloyat Kengashi raisining o’rinbosari Gulnoraxon Abdullaeva tomonidan o’zining kirish so’zida “Katta hayotga-kasaba uyushmalari bilan” deb nomlangan aksiyaning mazmun mohiyati va kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o’rni haqida batafsil yoritib berildi va Kasaba uyushmalari kunining 1  yilligiga bag’ishlangan maruzasi tinglandi.

SHundan so’ng, viloyat Kengashi apparati xodimlarining “Kasaba uyushmalariga a’zo bo’lishning afzallik va imtiyozlari”, “Xodimlar uchun jamoa shartnomalari orqali beriladigan imtiyozlar”, “Yoshlar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyoz va kafolatlar”, “Xavfsiz mehnat sharoitlarining yaratilishi – xavfsiz hayot garovi” hamda “Madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari va xodimlar sog’lomlashtirilishida kasaba uyushmalarining o’rni” mavzularida taqdimotlar o’tkazildi. Taqdimotlardan so’ng o’tkazilgan bahs davomida bitiruvchi talabalarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob va tushintirishlar berildi.

Aksiya davomida talabalarning mehnat qonunchiligi borasidagi bilimlari savol-javob tariqasida sinovdan o’tkazilib, savollarga batafsil va to’g’ri javob bergan talabalarning 5 nafari viloyat Kengashining qimmatbaho  sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunlangandan so’ng ham talabalar bilan suhbat ancha vaqtgacha davom etdi.

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!