Welcome to YURT TARAQIYOTI YO'LIDA BIRLASHAYLIK!   Click to listen highlighted text! Welcome to YURT TARAQIYOTI YO'LIDA BIRLASHAYLIK!

So’ragan edingiz?

Savol: Men 2024 yilning sentyabr oyida ish jarayonida ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisada olgan og‘ir jaroxatlarim natijasida TIEK (tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi) tomonidan 1 yil muddatga 2-gurux nogironligi va kasbiy mehnat layoqatimni 60 % darajada yo‘qotganligim bo‘yicha xulosa berildi. Ish beruvchimga ushbu xulosani taqdim etganimdan so‘ng u tegishli sug‘urta kompaniyasidan 42 000 000 so‘m bir martalik bir yillik ish haqqimdan kam bo‘lmagan va 3 500 000 so‘mdan oyma-oy to‘lanadigan zarar to‘lovlarimni to‘lab berilishini taʼminlab berdi. Hozirgi kunda TIEK xulosasining muddati tugab qaytadan o‘tmoqdaman shu munosabat bilan menga qayta xulosa berilsa oyma-oy zarar to‘lovlarimni kim tomonidan to‘lab beriladi. Sug‘urta tashkilotidan so‘rasam ish beruvchiningiz to‘laydi demoqda. Ish beruvchim esa men o‘z fuqarolik javobgarligimni sug‘urta qilganman deb rad etmoqda. O‘zi kim to‘lashi kerak qonun bo‘yicha?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-son qaroriga 1-ILOVA “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish QOIDALARI” ning 45-bandi ikkinchi xatboshida “Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining qonunchilikda belgilangan tartibdagi qayta ko‘rikdan o‘tish munosabati bilan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi maʼlumotnomasiga asosan zarar miqdori qayta ko‘rib chiqilgan hollarda sug‘urta tovoni sug‘urtalovchi tomonidan qoplanadi. Bunda tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan qo‘shimcha zarar sug‘urta shartnomasi amal qilgan davrda ro‘y bergan sug‘urta hodisasi oqibatida kelib chiqqanligi tasdiqlanishi lozim.” – deb ko‘rsatilgan talablariga ko‘ra sizga ushbu to‘lovlarni sug‘urtalovchi tomonidan qoplanadi.

45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 15 iyuldagi 443-sonli qaroriga asosan ushbu xatboshi bilan to‘ldirilgan.

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining Andijon viloyat Kengashi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Kayumov Dilshodbek Mamirovich

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!