Sog‘liqni saqlash tizimi faollari Samarqand shahriga sayohat qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 iyuldagi “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-222-sonli qarorining 5 bandi birinchi xat boshida Davlat organlari, muassasalar va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining ma’daniy estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-ma’daniy tadbirlarni tashkil qilish belgilangan, 11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31 yillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat kengashi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayyoxat qil” shiori ostida sohada mehnat qilayotgan 44 nafar ishchi xodimlarini ma’daniy estetik hordiq chiqarishlari uchun 4 dekabrdan 6 dekabrgacha yurtimizning tarixiy shaxri Samarqand viloyatiga turistik sayyoxat tashkil etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: