Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

«Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi

Respublikadagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda namunali faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini aniqlash va rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, korxona, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har ikki yilda bir marta «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu ko‘rik-tanlovni o‘tkazish orqali boshlang‘ich tashkilotlarda:

jamoa shartnomalari tuzilishi hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikda ularning bajarilishi ta’minlanishiga;

mehnatkashlar uchun munosib ish haqi to‘lanishi jarayonida kasaba uyushmalarining ishtiroki ta’minlanishiga;

ish joyida xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari, shuningdek, maishiy sharoitlar yaratilishiga;

xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida mehnat qonunlariga rioya etilishi ta’minlanishiga;

faoliyatni ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri tashkil etilishiga va pirovard natijada ularning faoliyat samaradorligi oshirilishiga;

mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilishiga erishish maqsad qilingan.

Tа’kidlash zarurki, viloyat miqyosidagi ko‘rik-tanlovning shahar, tuman bosqichlarida 1700 dan ziyod boshlang‘ich tashkilotlar ishtirok etdi.

Tanlov g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha tuzilgan komissiya viloyat bosqichida ishtirok etayotgan har bir boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga tashrif buyurib, «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari faoliyatini baholash mezonlari» asosida ularning faoliyatini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish va baholash natijalari asosida g‘oliblar aniqlandi. Tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘z faoliyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar. Bu ularning o‘zaro tajriba almashishlariga zamin yaratdi.

Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha tarmoqlar komissiyalari tomonidan taqdim qilingan yakuniy xulosalarga ko‘ra a’zolar soni 100 nafargacha va a’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar orasidan 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari hamda nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Xususan, 44 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari g‘olib va sovrindorlar bo‘ldilar. Ular orasidan 8 ta tarmoqdan 2 tadan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

 Bugun o‘tkazilgan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbirida g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi diplomlari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!