Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2023 yil 27 iyun kungi BM-09/884 sonli xatiga asosan yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 25 yanvar kuni Viloyat Kengashining katta majlislar zalida O‘zbekiston transport,yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat Kengashi masʼul xodimlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarga “Avtoyo‘l” tizimidagi shahar, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalarining kasaba uyushma qo‘mita raislari, xodimlar bo‘limi boshliqlari va texnika xavfsizligi bo‘limi mutaxassislari va saylangan mexnat muxofazasi vakillari (jami 52 nafar) ishtirok etdi.

Seminarda kengash apparati mehnat huquq inspektori X.Usmanov Yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-moxiyati xaqida tushuntirishlar berdi. Seminar jarayonida mexnat munosabatlaridagi eng dolzarb mavzular, amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Viloyat Kengashi mehnat huquq inspektori X.Usmanov

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!