Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Oʻzbekiston Respublikasida 167-sonli konvensiyani ratifikatsiya qilinishi qurilishda ishlovchilarning ish jarayonidagi havfsizligi kafolati boʻldi.

Oʻzbekiston bugungi kunga kadar Xalkaro mehnat tashkiloti (XMT) ning toʻla huquqli aʼzosi sifatida, mazkur tashkilotning 18 ta konvensiyasini ratifikatsiya kilgan. Ushbu xujjatlarda belgilangan xalkaro normalar va qoidalarga rioya qilib kelmokda.

2022-yil 7-fevralda Xalkaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi     167-sonli konvensiyasini (jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish hakidagi OʻRK-750-sonli Qonuni imzolandi.

Hozirgi vaqtda XMTning 167-sonli Konvensiyasi 32 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan, shu jumladan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlaridan Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya va Kozogʻiston Respublikalari.

Mazkur Konvensiyaning maqsadi – qurilish soxasida xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yul-yuriqlar berilishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga oʻqitilishi va bilimlari tekshirilishi hamda binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni amalga oshirish chogʻida, shuningdek ishlab chikarishda xom ashyo va materiallarni qoʻllash, ishlar bajarish chogida xodimlarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.

XMTning 167-son Konvensiyasi qurilish faoliyatining barcha turlarini, xususan qurilish ishlari, fuqarolarning extiyojiga karatilgan qurilishlar, montaj va demontaj ishlari, shu jumladan qurilish maydonini qurilish ishlariga tayyorlash va ushbu joyda obyektni qurib bitirishgacha boʻlgan har kanday jarayonlar, xolatlar va tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

XMTning 167-sonli Konvensiyada belgilangan talablar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidaʻti va “Xavfli ishlab chikarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidaʻgi qonunlari va boshka meʼyoriy xujjatlarida toʻlik aks etgan.

Milliy konunchilikni yanada takomillashtirish, Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga taalukli boʻlgan talablarni shu jumladan, qurilish soxasidagi xalkaro standartlarni kasaba uyushmalari tizimidagi meʼyoriy xujjatlarga samarali joriy va uni amalda tadbiq etish bo’yicha manzilli ishlar belgilandi.

Ushbu konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi qurilish sohasiga mehnat xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi. Bu ayniqsa, mamlakatimizning mehnatkashlar huquqlari kafolatini taʼminlashda asosiy xalqaro prinsip va standartlarga sodiqligini koʻrsatadi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Andijon viloyat Kengashi apparatining Mehnatni muhofaza qilish hizmati mutaxassisi

Kayumov Dilshodbek Mamirovich

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!