Kasaba uyushma aralashgach…
164 MILLON 729 MING 363 MING SOʼM BIR MАRTАLIK NАFАQА VА ZАRАR TOʼLOVLАRI UNDIRILDI
Shu kunlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj insonlarga moddiy-maʼnaviy yordam ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildiki, ushbu insonparvar siyosatni har qancha olqishlasak arziydi. Аmmo guruch kurmaksiz bo‘lmaganiday baʼzida boshiga kulfat tushgan kishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, ularga berilishi kerak bo‘lgan mablag‘larning to‘lanmayotgani achinarli hol.
Falokat oyoq ostida.
Izboskan tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Аndijon viloyat kengashi, va O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Аndijon viloyati kasaba uyushmasi kengashining mehnat texnik inspektori bilan hamkorlikda olib borilgan jamoatchilik tartibida o‘rganishlar jarayonida 65-yo‘l bo‘limi ishchisi Jamoldin Shodmonovning o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisa oqibatida uning qaramog‘ida undan naf olish huquqiga ega bo‘lgan oila aʼzolariga (turmush o‘rtog‘i va 12 yoshli qizchasiga) tegishli nafaqa va oyma-oy zarar to‘lovlarini to‘lash yuzasidan “GROSS SUGURTA COMPANIYASI” АJ ga zarur hujjatlari taqdim etilmaganligi aniqlandi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Izboskan tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ish beruvchisiga taqdimnoma kiritildi. Unda ko‘rsatilgan talabdan kelib chiqib ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan Jamoldin Shodmonovning qaramog‘ida undan naf olish huquqiga ega bo‘lgan oila aʼzolariga 131 million 102 ming 136 so‘m bir martalik nafaqa va annuitet shartnomasi asosida 33 million 627 ming 227 so‘m miqdorida oyma-oy zarar to‘lovlarini “GROSS SUGURTA COMPANIYASI” АJ dan undirib berildi.
Qolaversa, korxona ishchilari mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitilmaganligi, o‘ta xavfli ishlar bo‘yicha bilimlari tekshirilmaganligi ham mehnat xavfsizligiga sovuqqonlik bilan qaralganidan darak beradi.
Ushbu o‘rinda ish beruvchilar eʼtibor qaratishlari kerak, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan xodimning qaramog‘idagilarga yoki jarohatlanib TIEK (tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi) tomonidan kasbiy mehnat layoqatini maʼlum darajada yo‘qotilganligi belgilangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining talablari bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi kerak. Ushbu qoidalardagi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Dilshodbek QАYUMOV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Аndijon viloyat kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: