Andijonda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Andijon viloyatida 2025 yil 28 apreldan 3 may kuniga qadar “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” o‘tkazildi.
Haftalik doirasida joriy yilning 29 aprel kuni Andijon Davlat universitetida 320 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari, mehnat muhofazasi bo‘yicha muxandislar, ishchi-xodimlar, talabalar ishtirokida “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusidagi davra suhbati hamda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning 1-bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tadbir ishtirokchilari dastlab sog‘lom va xavfsiz mehnat targ‘ibot kompaniyasi doirasida korxona, tashkilotlar tomonidan 50 dan ortiq sohaga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi raisi A.Egamberdiyev, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Bosh davlat mehnat texnik inspektori A.Chalaboyev hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mehnat gigiyenasi bo‘limi mudiri R.Djabarovalarning maʼruzalari tinglandi.
Tadbir davomida “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning 1-bosqichi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Universitet talabalari tomonidan mehnat muhofazasiga oid chizilgan rasmlar tanlovi g‘oliblari hamda hamkor tashkilotlar vakillari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Madaniyat xodimlarining kuy va qo‘shiqlari esa tadbirga yana-da ko‘tarinki ruh bahshida etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: