Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING ANDIJON VILOYAT KENGASHINING XOTIN-QIZLAR KENGASHI

ANDIJON VILOYAT KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARI BIRLASHMASI XOTIN-QIZLAR KENGASHI O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI XOTIR-QIZLAR KENGASHI NIZOMI ASOSIDA FAOLIYAT YURITADI

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining
Xotin-qizlar kengashi
N I Z O M I

I. Umumiy qoidalar
II. Kengash asosiy maqsadlari
III. Kengash vazifalari va huquqlari
IV. Kengash ish tartibi

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1.O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xotin-qizlar kengashi (keyingi o‘rinlarda “Kengash” deb ataladi) mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishda Federatsiya Kengashining ishtirokini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.
1.2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlariga, XMTning “Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi, Federatsiya qurultoylari, Federatsiya Kengashi, uning Rayosati qarorlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
1.3. Kengash Nizomi va tarkibi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
1.4. Kengash jamoatchilik asosida ish yuritadi hamda o‘z faoliyati yuzasidan Federatsiya Kengashi Rayosati oldida hisobot beradi.
1.5. Kengash raisi Federatsiya Kengashi majlisida, rais o‘rinbosari va masʼul kotib Kengash majlisida saylanadi.
1.6. Kasaba uyushmalari Markaziy, viloyat kengashlari va hududiy birlashmalar kengashlarida xotin-qizlar komissiyalari tuziladi va ular to‘g‘risidagi Nizomlar tegishli kasaba uyushmasi organi tomonidan tasdiqlanadi.

II.KENGASHNING ASOSIY MAQSADLARI

2.1. Quyidagilar Xotin-qizlar kengashining asosiy maqsadlari hisoblanadi:
– jamoa kelishuvlari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxona, tashkilot, muassasalarda imzolanayotgan jamoa shartnomalariga xotin-qizlarga xavfsiz mehnat, dam olish sharoitlari yaratib berilishi, mehnatiga munosib haq to‘lanishi, qo‘shimcha imtiyozlar berilishi, huquqiy madaniyatlarini oshirish, madaniy-maʼrifiy yo‘nalishdagi tadbirlarda ishtirok etish uchun imkoniyatlarini kengaytirilishi masalalari kiritilishiga erishish va ularning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda Federatsiya Kengashining ishtirokini taʼminlash;
– xotin-qizlar o‘rtasida kasaba uyushmasiga aʼzolik afzalliklarini amalda namoyish etuvchi omillarni kuchaytirish, ularni kasaba uyushmalari faollari safiga keng jalb etish;
– xotin-qizlar, ayniqsa, talaba va o‘quvchi qizlarning intellektual salohiyatlarini namoyish etishlari, o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishiga erishish;
– xotin-qizlarning oila va ijtimoiy hayotda munosib o‘ringa ega bo‘lishlari, farzand tarbiyasi va hayotimizning turli jabhalaridagi faoliyatlarini bir-biriga uyg‘un holda olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish.

III.KENGASHNING VAZIFALARI VA HUQUQLARI

3.1.Jamoa shartnomalari va kelishuvlariga xotin-qizlar mehnatini tartibga solish hususiyatlarini va ularga imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi meʼyorlar kiritilishiga erishish va ular bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
3.2. qonunlar, meʼyoriy hujjatlar, jamoa kelishuvlari va shartnomalari asosida xotin-qizlarga berilgan kafolat va imtiyozlarning amaldagi ijrosini nazorat qilish.
3.3. Korxona, tashkilot va muassasalarda ayollar gigiyena xonalarini tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
3.4. Xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosini o‘rganish va qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish.
3.5. Xotin-qizlarning salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish, onalik va bolalikni muhofaza qilishga ko‘maklashish.
3.6. homilador ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
3.7. Xotin-qizlarga mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ish bilan taʼminlanish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarida, nisbatan ko‘proq ish haqi to‘lanadigan, masʼuliyatli ishlarda faoliyat ko‘rsatishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yana-da kengaytirishga ko‘maklashish.
3.8. Xotin-qizlarning, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida barpo etilayotgan yangi ish o‘rinlarida mehnat qilayotgan tadbirkor ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasini taʼminlash, ularga xavfsiz va yetarli ish sharoitlari yaratilishida ko‘maklashish.
3.9. Joylarda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirib borish ishlarida ishtirok etish.
3.10. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning, xususan, kam taʼminlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasini kuchaytirishda, shuningdek, jazoni o‘tash joylaridan qaytgan ayollarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashish.
3.11. Ijodkor, ilmiy tadqiqotchi yosh ayollarni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish.

VILOYAT KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARI BIRLASHMASINING XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH KOMISSIYASI TARKIBI

F.I.SH ISH JOYI
     

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi yig‘ilishining 2018 yil 16 fevraldagi 3-1 sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova

Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasining O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalaridan kelib chiqadigan asosiy yo‘nalishlari

Tadbirlar nomi

Ijro
muddati

Masʼullar

 

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!