Diqqat tanlov!!!
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi viloyatdagi faoliyat yuritib korxona, tashkilot va muassasalarni “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika koʻrik-tanlovi”ning hududiy bosqichida ishtirok etishga chorlaydi.
Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan.
Tanlov hududiy bosqichi to‘rta “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” va “Eng yaxshi mehtan muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyalararida o‘tkazilib g‘olib va sovrindorlar viloyat kengashining diplim va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Tanlov shartlari va o‘tkazish muddatlari bilan “OʻzKUFK Rayosatining 2017-yil 20-noyabrdagi 8-108 “s”-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika koʻrik-tanlovi toʻgʻrisida”gi Nizom orqali tanishib chiqishish mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagan korxona va tashkilotlarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat kengashida tuzilgan komissiyaga hujjatlarini taqdim etishlarini so‘raymiz.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: