Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Andijonda “Xavfsiz mehnat asoslar” mavzusidagi seminar-trening o’tkazildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan 2026 yil 26 mart kuni Respublika tez tibbiy yordam Andijon filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”, “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash Nizom”, “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi Nizom” “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi Nizom”larning amaliyotgan joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunga rioya qilgan holda xavfsizlikni taʼminlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, turli xil baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalar oldini olishi, ish vaqtida mehnat, texnika va yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilish, ishga kelib ketishda yo‘l harakati xavfsizliklari qoidalariga qatʼiy rioya etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminar ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari M.Matisayev va masʼul xodimlar ishtirok etdi. Mutaxassislar muassasa ishchi-xodimlarining ushbu yo‘nalishdagi savollariga javob berildi.

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!