Aholini hisobga olish davri nima?
Aholini ro‘yxatga olish aniq bir muddatda o‘tkaziladi. Bu tadbirga odatda 10 kundan 12 kungacha muddat talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha oygacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Aholini hisobga olish davri ayrim holatlarda aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti deb ham yuritiladi. Aholini ro‘yxatga olish davridan qat’iy nazar aholini ro‘yxatga olish birinchi kuni soat 00-00 daqiqa holati bo‘yicha qayd etiladi. Misol uchun chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholi ro‘yxat olish tadbirida ro‘yxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini royxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida ro‘yxatga olinadi.
Aholini ro‘yxatga olish tadbirida necha yoshdan boshlab ishtirok etish mumkin? Aholini ro‘yxatga olishga yoshidan qat’iy nazar, mamlakatning barcha aholisi ishtirok etadi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish vaqtida yashash joyi (turar joyi) bo‘yicha o‘zi bo‘lmagan fuqarolar yoki voyaga yetmaganlarning ma’lumotlari uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zosi tomonidan ma’lum qilinadi. Vasiylik va homiylikka olingan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar ularning vasiylari yoki homiylari tomonidan ma’lum qilinadi. Ota-onalar yosh bolalar haqida ma’lumot beradilar.
Aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi?
Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.
Aholini ro‘yxatga olish – bu, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Hozirgi kungacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Mazkur tadbir butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish istagi zamonaviy iqtisodiyotning asosiy manbai – mamlakatning insoniy salohiyati haqida bilmasdan amalga oshirilmaydi, albatta. Bizning vazifamiz mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali kuchliroq bo‘lishdir. Buning uchun aholining tarkibi, uning iqtisodiy faolligi, ta’lim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Misol uchun, mamlakatda qancha odam borligi haqida emas, balki migrantlar qayerdan va qayerga ketayotganligini, yoshi va jinsi tarkibi kabi ko‘plab ma’lumotlarni bilishimiz kerak.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: