Sudgacha bormasdan xal bo‘ldi…
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Mehnatni muhofaza qilish hamda sohaga oid amaldagi qonunosti hujjatlariga amal qilinishi yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi apparatining Mehnat texnik inspektori hamda Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi M.Azimxodjayev va D.Kayumovlar tomonidan viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda doimiy tarzda jamoatchilik nazorati o‘tkazilib kelinmoqda.
Navbatdagi manzil Qo‘rg‘ontepa tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bo‘ldi.
Korxonada shtatlar jadvali bo‘yicha jami bo‘lib 70 ta ish o‘rni mavjud. Jami ishlovchilar esa 67 nafarni tashkil etadi. 3ta ish o‘rni vakant. Jami ishlovchilardan 9 nafarini ayollar, guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va voyaga yetmaganlar yo‘q. 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bor hamda 16 yoshgacha nogiron farzandi bor ayollar 1 nafar. Nafaqa yoshidagilar
4 nafar. Boshqaruv apparatida ishlovchi jami xodimlar soni 12 nafar bo‘lib, shulardan ayollar 4 nafar. Texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlar soni 4 nafar bo‘lib, shulardan 2 nafarini ayollar tashkil etadi. Jami ishlovchilarning 13 nafari oliy maʼlumotli xodimlar bo‘lib, shulardan ayollar 1 nafarni tashkil etadi.
O‘rganish davomida baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tanishish bilan bir qatorda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida jabrlangan va vafot etgan ishchi-xodimlarga va vafot etgan ishchi-xodimlarning qaramog‘idagilarga tegishli to‘lovlar qonun doirasida to‘lanishiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan,
Korxonada haydovchi vazifasida ishlagan 2018 yil 8 iyun kuni ishlab chiqarishga bog‘liq xolda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan Umarov Arabboy Nasirdinovichning turmush o‘rtog‘i 04.09.1959 yilda tug‘ilgan yoshga doir nafaqadagi Umarova Shoxistaxonga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 177-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” QOIDALARIning 44-bandi – “Qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilgan taqdirda, xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi munosabati bilan zararning o‘rnini qoplashning belgilangan summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining oshirilishiga mutanosib ravishda ko‘paytiriladi. Bunda zarar o‘rnini qoplashning ko‘paytirilgan summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha tarzda to‘lanadi.” – deb ko‘rsatilgan talablari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi tomonidan 01.02.2025 yil holatiga
15 559 539,8 so‘m miqdorida boquvchisining vafoti munosabati bilan oyma-oy to‘lanishi zarur bo‘lgan zarar to‘lovlari to‘lab berilgan bo‘lsada, ish beruvchi tomonidan esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilishiga mutanosib ravishda oshirilgan jami 8 473 811,2 miqdoridagi qismi (farqi) to‘lanmasdan kelinganligi;
2. 2022 yil 26 mart kuni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan I.Dadajonovning vafot etguniga qadar qaramog‘ida bo‘lgan o‘g‘li 13.01.2022 yilda tug‘ilgan Jaloldinov Baxrillo va onasi 20.02.1959 yilda tug‘ilgan Ismoilova Sharofatxonlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash” QOIDALARI talablari bo‘yicha olti yillik ish haqqi miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lab berilgan bo‘lsada, 01.02.2025 yil holatiga o‘g‘li B.Jaloldinovga 36 036 956 so‘m miqdorida boquvchisining vafoti munosabati bilan oyma-oy to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar to‘lovlari to‘lanmasdan kelinganligi aniqlanib, olib borilgan tushuntirish va amaliy yordamlar natijasida Umarov Arabboy Nasirdinovichning turmush o‘rtog‘i 04.09.1959 yilda tug‘ilgan yoshga doir nafaqadagi Umarova Shoxistaxonga 8 473 811,2 so‘m va I.Dadajonovning vafot etguniga qadar qaramog‘ida bo‘lgan o‘g‘li 13.01.2022 yilda tug‘ilgan Jaloldinov Baxrilloga 12 000 000 so‘m jami bo‘lib 14 473 811,2 so‘m zarar to‘lovlari undirilishiga erishildi.
Jabrlanganlarning oila aʼzolari murojaat qilmasdan ham ishlari hal bo‘lganligidan minnatdor!
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: