Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

TAQDIMNOMA TALABI QONDIRILDI

O‘zbekaiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi apparatining Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxasssisining vazifalaridan biri ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari oqibatida jabrlangan ishchi-xodimlarga va ularning oila aʼzolariga to‘lanishi lozim bo‘lgan tegishli to‘lovlarni o‘z vaqtida va qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lanishini doimiy monitoring qilib borish xisoblanadi.

Jalaquduq tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 29-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisa o‘rganilganda, muassasada katta oshpaz vazifasida ishlovchi Turg‘unova Muyassar Jo‘rayevna 2024 yil 24 aprel kuni ish vaqtida ishlab chiqarishga bog‘liq holda baxtsiz hodisaga uchrashi oqibatida og‘ir tan jaroxati olgan va ushbu baxtsiz hodisa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024 yil 2 may kungi 137-xc-sonli buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan maxsus tekshirilgan bo‘lib, tekshirish natijalariga ko‘ra mazkur baxtsiz hodisa ishlab chiqarishga bog‘liq deb topilgan bo‘lsada, N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzilib rasmiylashtirilmaganligi va M.Turg‘unovaning olgan og‘ir tan jarohati bo‘yicha Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanlararo 18-TIYEK (tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi) tomonidan 26.08.2024 yil kungi xulosasiga ko‘ra unga 2-guruh nogironligi va kasbiy mehnat layoqatini 40% darajada yo‘qotganligi to‘g‘risida xulosa berilgan. Ushbu xulosa 29-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga topshirilgan bo‘lsada, shu kunga qadar bir yo‘la to‘lanishi lozim bo‘lgan tovon puli va oyma-oy zarar to‘lovlarini to‘lamaganligi aniqlandi.

Jabrlanuvchining qonun hujjatlari bilan belgilangan huquq va manfaatlarini poymol qilgan holda, ushbu to‘lovlarni to‘lab berish masalasini hal qilishni paysalga solib kelganligi uchun ish beruvchiga bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnoma kiritildi va ushbu taqdimnoma talabidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash” Qoidalari asosida jabrlanuvchi M.Turg‘unovaga 15 223 089 (o‘n besh million ikki yuz yigirma uch ming sakson to‘qqiz) so‘m bir yo‘la to‘lanadigan bir yillik ish haqqidan kam bo‘lmagan miqdordagi tovon puli va 1 620 522 (bir million olti yuz yigirma ming besh yuz yigirma ikki) so‘m oyma-oy zarar to‘lovlarini to‘lab berilishi taʼminlandi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa oqibatida salomatligini va xalovatini yo‘qotgan hozirgi kunda huquqlari tiklangan Turg‘unova Muyassar Jo‘rayevna ko‘rsatilgan beg‘araz amaliy yordam uchun kasaba uyushmalaridan minnatdor.

 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining
Andijon viloyat Kengashi Mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha yetakchi mutaxassisi                                                                 D.Kayumov

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!