Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Referendum Yoshlar uchrashuvi

Xabaringiz bor 30-aprel kuni yurtimizda «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida» gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo’yicha Referendum o’tkaziladi. Ushbu referendum barchamiz uchun muhim sanaladi.

Transport, yo‘l kapital industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat Kengashi tasarufidagi Andijon iqtisodiyot va qurilish Institutda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, institut rektori ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv muloqot bo’lib o’tdi.

 Uchrashuvda talabalarga referendumning maqsad va vazifalari, yangilanayotgan konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shu bilan birgalikda referendum haqida to’liq ma’lumotlar berib o’tildi.

Bosh Qomusimizga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar, yangi moddalarning ahamiyati borasida deputatlar fikr-mulohazalar bildirdilar.

  Yana bir e’tiborli jihati amalga oshirilayotgan ishlarda yoshlarning o’rni beqiyos ekanligi ham ta’kidlandi.

 Bu kabi uchrashuvlarning o’tkazilishi yoshlarning faolligi, huquqiy ongini oshirishda muhim sanaladi.

Transport, yo‘l capital industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat Kengashi raisi N.Kuziboyeva

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!