Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi IX Konferensiyasi bo’lib o’tdi

Bugun, 9-iyul kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi tomonidan 2020-yil iyun oyidan 2025-yilning iyun oyiga qadar amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Marosimni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochib berdi. U o‘zining samimiy tabrik so‘zida kasaba uyushmalarining so‘nggi besh yildagi faoliyati, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida so’z yuritdi.

Konferensiya kun tartibiga asosan, qo‘mita a’zolari, taftish komissiyasi a’zolari va uning raisi yopiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Kasaba uyushmasi raisi saylovi esa, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Nizomga asosan, muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi etib Egamberdiev Abdujabbor Husanovich, uning o‘rinbosarlari etib esa Abdurahmanova Nodira Xusanbayevna va Matisayev Mansurjon Rasuljonovich saylandi.

Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!🌐 Telegram (https://t.me/andijon_kasaba_uyushma)

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!