Hashar elga yarashar!
Har jabhada ilg‘or Andijonimizda bir haftalik 12-19 fevral kunlari ommaviy hashar eʼlon qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashida ommaviy hashar o‘tkazildi.
Hasharda vloyat Kengashining 30 nafarga yaqin xodimlari ishtirok etib Kengash binosining ichki va tashqi hududlari obodonlashtirilib, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi viloyatdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan 400 ming nafardan ziyod kasaba uyushmalari a’zolarini ommaviy hashar haftaligida faol ishtirok etishga corlaydi.
Zero, obod makonda ish unumli va barakali bo‘lishi bilan birga u yerda farovonlik ham hukm suradi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: