BAYRAM MUBORAK ANDIJONLIK MEHNATKASHLAR!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashida «INSON QADRI UCHUN, EL-YURT BAXTI UCHUN» shiori ostida 11 noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi raisi Q.Parpiyev sana munosabati bilan viloyatdagi barcha mehnatkashlarni va kasaba uyushmalari tizimi xodimlarini tabrikladi.
Q.Parpiyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yillik tarixga ega tashkilot ekanligi, ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda ushbu kasaba uyushmalarining o‘rni va roli benihoya katta ekanligini e’tirof etdi.
Shuningdek, mehnat faxriylari, turli sohalarda uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ishchi-xodimlar, kasaba uyushmalari tizimining bir guruh faollari hamda turli tanlovlar g‘oliblari viloyat Kengashining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: