Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

Andijonda Mehnat muhofazasi bo’yicha ko’rik-tanlov o’tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yildan boshlab 28-aprel “butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb eʼlon qilinib, ushbu kunda dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatini ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishining oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga eʼtiborni yana-da kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, turli mavzularda tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bizning davlatimizda ham  xodimlar (har bir shaxs) xavfsiz va qulay, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashlarining huquqiy asosi sifatida amaldagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida mustahkamlanib qo‘yilgan.

Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda ro‘yobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida,  “mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunda, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti meʼyoriy hujjatlarida belgilangandir.              

Bugun 23-aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi katta majlislar zalida “butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga taʼsiri” shiori ostidagi davra suxbati va “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.     

Tadbirda kirish so‘zi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi raisi Parpiyev Kodirjon Raxmatovich, “iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga taʼsirini kamaytirish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida”gi maʼruzasi bilan Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Axmedov Anvar Akmalovich hamda “Korxona, tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari oqibatida jabrlanganlarga ish beruvchilar tomonidan tegishli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish va ushbu holatlarga olib keluvchi omillar to‘g‘risida”gi maʼruzasi bilan Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori Chalaboyev Axrorbek Abdusalomovichlar qatnashdilar.  


Bundan tashqari tadbirga taklif etilganlar 100 kishiga yaqin “mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblari, korxona tashkilot va muassasalarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillari, kasaba uyushma xodimlari va faollari ishtirok etdilar.

Tadbir boshlanishidan ishtirokchilar uchun kofe breyk tashkil etildi.

Davra suxbatidan so‘ng ko‘rik tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

                                                                          

Bugangi “butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbir ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi.  

Joriy yilning 22-29-aprel kunlari mehnatni muhofaza qilish haftaligi eʼlon qilinganligi munosabati bilan har bir korxona va tashkilotlarda tegshili ishlar amalga oshirilishi bo‘yicha kelishib olindi.

 

Tadbir tashkilotchisi:

 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassisi Kayumov Dilshodbek Mamirovich!

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!