#Hisobot-saylov-2025 yil
✅Joriy yilning 7 fevral kuni Asaka tumanidagi Asaka Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida 2023-2025 mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yakunlari bo‘yicha mehnat jamoasining hamda kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.
🙋♂️Mehnat jamoasining yig‘ilishida 2023-2025 mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yilda jamoa shartnomasi bajarilishi muhokama qilingan bo‘lsa, kasaba uyushma tashkiloti yig‘ilishida kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyati muhokama qilinib, faoliyati qoniqarli deb topildi hamda kun tartibiga muvofiq kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Rapiqjon Abduraximov saylandi, Shundan so‘ng qo‘mitasi va taftish komissiyasi tarkibi, taftish komissiyasi raisi, shuningdek yuqori kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasiga delegat saylanib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: