Diqqat tanlov!
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashi xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, mehnat muhofazasi va xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlashda kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan Respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazadi.
Tanlovda tashkiliy-huquqiy, mulk shakli va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot va muassasalarda “OʻzKUFK Rayosatining 2017-yil 20-noyabrdagi 8-108 “s”-son qarorining
1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan Respublika koʻrik-tanlovi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida har yili koʻrik-tanlovning 1- hududiy bosqichini 4-ta nominatsiya boʻyicha tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur koʻrik tanlovda ishtirok etish niyatidagi Andijon viloyatidagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo`mitasi”, “Mehnat muhofazasi boʻyicha vakil” va “Mehnat muhofazasi bo`yicha yosh mutaxassis” larning nizomda berilgan savolnoma boʻyicha tegishli hujjatlarni 2026-yil 15-mart kuniga qadar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashidagi komissiyaga taqdim etilishi mumkin.
Eslatma:
Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashining qimmatbaxo sovgʻalari bilan taqdirlanadilar!
🛡 Kasaba uyushmasi — xalq tayanchi


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: