Kasaba uyushmasiga aʼzo bo‘lish ixtiyoriydir.
Kasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, aʼzolik badallarini muntazam to‘lab boruvchi 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro kasaba uyushmasi aʼzosi bo‘lishi mumkin.
Agar 16 yoshga to‘lgan fuqaro ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lsa yoki o‘quv yurtida tahsil olayotgan bo‘lsa, kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirishi mumkin.
Kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan, kasaba uyushmasi guruhi, sex, boshlang‘ich tashkiloti yig‘ilishida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish sanasi tegishli qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi.Kasaba uyushmasiga qabul qilingan fuqaroga boshlang‘ich tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi (tashkilotchisi) tomonidan yagona namunadagi aʼzolik bileti beriladi.
Kasaba uyushmasi tashkiloti bo‘lmagan korxona, tashkilot, muassasa yoki boshqa ish joylarida xodimlar va o‘quvchilarni kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish kasaba uyushmalarining tuman (shahar) kengashlari rayosatlari, birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir kasaba uyushmasidan boshqa kasaba uyushmasiga o‘tganda, mehnat faoliyati vaqtincha yoxud butunlay to‘xtatilgan hollarda kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmaslik va aʼzolik badallarini to‘lab turish sharti bilan, kasaba uyushmasiga aʼzolik saqlanib qolinadi.Kasaba uyushmasiga aʼzo bo‘lish ixtiyoriydir.
Kasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, aʼzolik badallarini muntazam to‘lab boruvchi 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro kasaba uyushmasi aʼzosi bo‘lishi mumkin.
Agar 16 yoshga to‘lgan fuqaro ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lsa yoki o‘quv yurtida tahsil olayotgan bo‘lsa, kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirishi mumkin.
Kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan, kasaba uyushmasi guruhi, sex, boshlang‘ich tashkiloti yig‘ilishida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish sanasi tegishli qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi.Kasaba uyushmasiga qabul qilingan fuqaroga boshlang‘ich tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi (tashkilotchisi) tomonidan yagona namunadagi aʼzolik bileti beriladi.
Kasaba uyushmasi tashkiloti bo‘lmagan korxona, tashkilot, muassasa yoki boshqa ish joylarida xodimlar va o‘quvchilarni kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish kasaba uyushmalarining tuman (shahar) kengashlari rayosatlari, birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir kasaba uyushmasidan boshqa kasaba uyushmasiga o‘tganda, mehnat faoliyati vaqtincha yoxud butunlay to‘xtatilgan hollarda kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmaslik va aʼzolik badallarini to‘lab turish sharti bilan, kasaba uyushmasiga aʼzolik saqlanib qolinadi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: