VMQ-819 qarori yuzasidan tushuntirish
Hukumatning 819-son qarori bilan tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sho‘basi, bo‘limi, boshqarmasi yoki xizmati tashkil etilganda, ular tarkibidagi bir nafar xodim mehnat gigienasi mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi shart etib belgilandi.
Mazkur talabning joriy etilishi mehnatni muhofaza qilish tizimida formal yondashuvdan voz kechib, ish joyidagi xavflarni tibbiy-ilmiy asosda baholash va xodim salomatligini ishlab chiqarish manfaatlaridan ustun qo‘yish zarurati bilan bog‘liq.
🔻MAZKUR TALAB NIMA UCHUN KERAK❓
🔗Ishlab chiqarish muhitidagi ko‘plab xavflar tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki inson organizmiga uzoq muddatli ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Chang, kimyoviy moddalar, shovqin, vibratsiya, yuqori yoki past harorat, radiatsiya, biologik omillar — bularning barchasi kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
✅Bu kabi xavflarni to‘g‘ri baholash va oldini olish faqat texnik yoki ma’muriy bilim bilan emas, balki tibbiy-gigienik bilim va malaka bilan amalga oshiriladi. Shu sababli ham mehnatni muhofaza qilish xizmati tarkibida tibbiy ma’lumotga ega mutaxassis bo‘lishi mazkur qaror bilan mustahkamlandi.
💊 MEHNAT GIGIENASI MUTAXASSISINING ASOSIY VAZIFALARI:
💊 ish joylaridagi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini aniqlaydi va ularni tibbiy-gigiyenik me’yorlar asosida baholaydi;
💊ishlab chiqarish omillarining xodim salomatligiga ta’sirini qisqa, o‘rta va uzoq muddatli oqibatlar nuqtai nazaridan tahlil qiladi;
💊 dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
💊 kasb kasalliklarini barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
💊 ish joylarini attestatsiya qilish jarayonlarida sanitariya-gigienik xulosalar beradi;
💊shaxsiy himoya vositalarining to‘g‘ri tanlanishi va qo‘llanilishini tibbiy jihatdan asoslaydi;
💊xodimlar uchun ish va dam olish rejimi, mikroklimat, yoritish va sanitariya sharoitlariga doir talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
💊mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ish beruvchiga majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan asoslangan takliflar kiritadi.
📁 QAT’IY XULOSA
Mehnat gigienasi mutaxassisi — bu mehnatni muhofaza qilish tizimida xodim salomatligini himoya qiluvchi asosiy tibbiy bo‘g‘indir. Ushbu talabning joriy etilishi:
✅ kasb kasalliklari xavfini kamaytirishga;
✅ ishlab chiqarishdagi yashirin xavflarni o‘z vaqtida aniqlashga;
✅ baxtsiz hodisalar va salomatlikka yetkaziladigan zarar oqibatlarini oldini olishga;
✅ ish beruvchining huquqiy va ijtimoiy javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: