Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!   Click to listen highlighted text! Welcome to Юрт тараққиёти йўлида бирлашайлик!

O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Andijon viloyati Baliqchi tumanida “O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi fermer xo‘jaliklari hududiy boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining amaliy o‘quv-seminari” o‘tkazildi.

Seminarda Chinobod massivi hududiy boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat jamoalarida ijtimoiy himoya va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.

Amaliy o‘quv-seminarda O‘zbekiston Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari E.Bayniyazov, bo‘lim mudiri A.Musulmonov hamda viloyat, tuman Kengashi rahbar xodimlari qatnashdilar.

Tadbirda mehnat munosabatlari, jamoa shartnomalarini tuzish va ijrosini taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir so‘nggida hududiy viloyat kengashi tomonidan kasaba uyushmasi hayotida faol ishtirok etayotgan seminar ishtirokchilaridan bir guruhi tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email

Spelling error report

The following text will be sent to our editors:

Click to listen highlighted text!