Andijonda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan qator tadbirlar o’tkazilmoqda!
“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan haftalik doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat Kengashida birinchi qism – “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini taʼminlaylik” mavzusidagi davra suxbati hamda ikkinchi qism – “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda viloyat studiyasidan 50 nafar va zoom platformasi orqali joylardagi studiyalardan 50 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarning 140 nafar sohaga tegishli masʼullari qatnashdilar.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri J.Ixtiyarov, Andijon viloyat Kengashi raisi A.Egamberdiyev, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat texnik inspektori I.Mamadaliyev hamda Andijon shahar Tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi raisi SH.Qosimovalar o‘z maruzalari bilan ishtirok etib “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini taʼminlash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari-ularga olib keluvchi omillar hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarda jabrlanganlarga nogironlik guruxi va kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilganlik to‘g‘risida xulosa berishning tartib – tamoyillari to‘g‘risida yig‘ilganlarga amaliy misollar bilan batafsil tushunchalar berdilar.
Tadbirning ikkinchi qismida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri tashkil qilinib, unda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini yaxshi yo‘lga qo‘ygan “eng yaxshi tashkilot”, “eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”, “mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha eng yosh mutaxassis” va “mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil” nominatsiyalarida har bir tarmoqlardan 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblarini egallagan o‘rinlariga qarab qimmatbaxo sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandilar.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: